KOJAELI

KOJAELI, Vifin yarim oroli — Turkiyadagi yarim Orol. Qora dengiz, bosfor bo’g’ozi va marmar dengizining izmit qo’ltig’i oralig’ida. Uzunligi 75 kilometr chamasida, kengligi 50 kilometrgacha. Balandligi 537 metrgacha bo’lgan plato va do’ng tepalardan iborat. Kvarsit, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Keng bargli o’rmonlar, O’rta dengiz bo’yi butalari bilan qoplangan. Janubiy sohillarida qurortlar (jumladan, Anadolu Riverasi) bor. Kojaelida Izmit, Istanbulning Osiyodagi qismi — Uskudar joylashgan.