KODEKS

KODEKS (lotincha codex) — 1) ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir turdagi sohasini tartibga soluvchi sistemalashtirilgan yagona qonun hujjati (fuqarolik Kodekssi., jinoyat Kodekssi va hokazolar). Davlatlariing ko’pchiligida mehnat, oila, jinoyat prosessi, fuqarolik Protsessi bo’yicha Kodekslar eng ko’p amalda bo’lgan qonunlar majmui hisoblanadi; 2) qadimgi kitob shakllaridan; qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Dastlab pergament yoki Papirus, keyinroq qog’ozni daftar tarzida buklab, tikib tayyorlangan. 6-asrdan kitobning asosiy shakliga aylangan. Kodeksda mavjud bo’lgan muqova, sahifa va ularni bezash tartibi (sahifali miniatyura, unvon va boshqalar) hozirgi kitoblarda ham saqlangan.