KICHRAYTIRISH

KICHRAYTIRISH, litota — istiora turlaridan biri. O’zbek mumtoz adabiyotida: tafrit, tasg’ir (mo’tadillikdan pastki holat). Kichraytirish 2 narsa, hodisa yoki tushuncha o’rtasidagi umumiy va jo’z’iy xususiyatlarga asoslanadi, ularning hajm, vaqt, o’lchov jihatlari qiyosan kichrayti- riladi. Mubolag’aning aksi. Tasvir ob’yektini o’ta kichik, zaif qilib ifodalash orqali uning mohiyati ta’kidlanadi. Shuningdek, tasvirga haddan tashqari ko’tarinkilik, satirik va yumoristik ruh berish uchun ham qo’llaniladi. Kichraytirish leksik jihatdan o’xshatish, sifatlash, istioraga asoslanadi.