KAFAN

KAFAN — dafn oldidan marhumning jasadi o’raladigan oq mato. Islomiy aqidaga ko’ra, musulmon erkak yoki ayol vafot etgach, eng kami 3 qavat Kafan bilan dafn etish tiriklar zimmasidagi muqaddas burchlardan (farzi kifoya) hisoblanadi. Kafanlashdan oldin mayit, albatta, yuviladi. Shahidlar yuvilmaydi va Kafanlanmaydi, balki o’z kiyimlari bilan dafn etiladi. Kafansiz ko’mib yuborilganlar uchun marhum emas, balki unga sababchi kishilar javobgar sanaladi.