KACH RANN
KACH RANN, katta va kichik -Hindiston g’arbi va Pokistondagi sho’rxoklar, Xind daryosi deltasidan Janubi-sharqda. Aksari qismi qora balchiq va tuzlar bilan qoplangan yassi pasttekislik. Eng baland joyi 465 metr bo’lgan qoldiq tog’lar uchraydi. Yozgi musson davrida sho’rxoklarni Arabiston dengiziga quyiladigan daryolar suvi bosadi.