KATUN TIZMASI
KATUN TIZMASI — Rossiya Federatsiyasining Oltoy Respublikasidagi tog’ tizmasi. Katun, Argut va Berel daryolari suvayirg’ichi. Uzunligi 150 kilometr, balandligi 4506 metrgacha (Beluxa tog’i). Metamorfik slanes va granitdan tarkib topgan. Muzliklar bor (umumiy maydoni 279 kilometr kvadrat). Yon bag’irlari 2000-2200 metr balandlikkacha tilog’och va kedr o’rmonlari, undan yuqorilari Alp o’tloqlari bilan qoplangan.