KISLOVODSK
KISLOVODSK — Rossiya Federatsiyasining stavropol o’lkasidagi shahar (1830 yildan), Kavkaz mineral suvlari guruhidagi balneoiqlim kurorti. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 115,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Katta Kavkazning shimoliy etaklarida, 720-1060 metr balandlikda joylashgan. Oziq-ovqat (shu jumladan, «Narzan» mineral suvi qadoqlanadi), yengil, mebel sanoati korxonalari, muzeylar bor. Kislovodskga 1803 yilda ruslar harbiy istehkom va stanisa sifatida asos solgan.
O‘xshash so‘zlar
- KISSINJER (KISSINGER) GENRI ALFRED
- Kista
- Kistanov Igor Timofeevich
- Kistaqum tog’lari
- Kiston qora Sulton, Kistin qaro Sulton
- KIT
- KIT MO’YLOVI
- KITAKAMI




