KINOJURNAL
KINOJURNAL (kino… va jurnal) — kundalik turmush va xalqaro ijtimoiy-siyosiy voqealarga bag’ishlab davriy chiqarib turiladigan kinofilm turi. O’zbekistonda 1960 yilgacha «O’zbek Davlat kinojurnali», «Sovet O’zbekistoni», «Ordenli O’zbekiston» va boshqa Kinojurnallar chiqarilgan. 60-70-yillardan «O’zbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi» ularning o’rniga kinoalmanaxlar chiqardi, hozir esa faqat hujjatli filmlar, shuningdek, «Nashtar», «Zumrasha» hajviy Kinojurnallari ishlanmoqda.
O‘xshash so‘zlar
- Kinokomediya
- KINOKONTSERT
- Kinologiya
- Kinorinxlar
- Kinoshunoslik
- Kinostudiya
- Kinotelevizion texnika
- Kinotexnika




