KITSIMON DELFINLAR
KITSIMON DELFINLAR (Lissodelphis) — delfinlar oilasining bitta urug’i. Uzunligi 2,5 metrgacha. Boshidagi yog’ yostiqchasi past, tumshug’i ingichka. Orqa so’zgichi bo’lmaydi, dum qismi ingichkalashgan. 2 turi: shimoliy Kitsimon Delfinlar (L. borealis) — Tinch okeanning shimoliy qismida, jumladan, uzoq Sharq dengizlarida, Janubiy Kitsimon Delfinlar (L. peroni) — Janubiy yarim sharning mo’tadil iqlimidan Antarktikagacha bo’lgan okean va dengizlarda tarqalgan.
O‘xshash so‘zlar
- Kitsimonlar
- KITVENKANA
- KIVISIMONLAR, qanotsizlar
- Kivsyaklar
- Kivu
- Kiyatkin Petr Filipovich
- Kiyev g’ori
- Kiyev knyazligi




