KLYAZMA

KLYAZMA — Rossiya Federatsiyasi Moskva va Vladimir viloyatlaridagi Daryo, qisman Ivanovo va Nijniy Novgorod viloyatlari chegarasidan o’tadi. Oka daryosining chap irmog’i. Uzunligi 686 kilometr, havzasining maydoni 42500 kilometr kvadrat. Moskva qirlaridan boshlanib, Meshchyora pasttekisligi bo’ylab oqadi. Kordan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi Kovrov shahri yonida (quyilish joyidan 185 kilometr) 147 metr kub/sekund. Noyabrda muzlab, aprel o’rtalarida muzdan bo’shaydi. Quyilish joyidan 120 kilometr masofada va Klyazma suv omborida kema qatnaydi.