KOLIMA PASTGEKISLIGI
KOLIMA PASTGEKISLIGI Rossiya Federatsiyasi Saxa (Yakutiya) Respublikasining shimoli- g’arbidagi pasttekislik. Kolima daryosi quyi oqimining chap sohili bo’ylab 750 kilometrga cho’zilgan. Balandligi 100 metrgacha. Kolima pasttekisligi ko’l, Daryo, qumoqlari va qumloqlardan tashkil topgan. Iqlimi subarktika iqlimi. Muzlik-termokarst relef shakllari xos. Ko’l va botqoqlik ko’p. Janubiy qismi tilog’ochli siyrak o’rmon. Bug’uchilikda yaylov sifatida foydalaniladi.