KOLLOKVIUM
KOLLOKVIUM (lotincha Colloquium — suhbat) — 1) ta’lim tizimida talabalarning bilim darajasini aniqlash va oshirish maqsadida o’tkaziladigan o’quv mashg’uloti shakllaridan biri, talabaning o’qituvchi bilan suhbati. Kollokviumda o’rganilayotgan kursning, odatda, seminar va boshqa amaliy o’quv mashg’ulotlari tematikasiga kirmagan ayrim qism, bo’lim, mavzu, masalalari hamda ta’lim oluvchilarning Referat, loyiha va boshqa ishlari muhokama qilinadi; 2) ma’ruzalar tinglanib, muhokama qilinadigan ilmiy yig’ilish.