KOLOKATZIYA

KOLOKATZIYA (Colokasia) — kuchaladoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bargi yuraksimon yoki nayzasimon, yirik. To’pguli — so’ta. Mevasi — ko’p urug’li rezavor-meva. Janubiy va Sharqiy Osiyoda 8 turi bor. Taro turining 4 kilogrammcha keladigan kartoshkasida 18-20% kraxmal, 0,5% qand, 3% dan ortiq oqsil bor. Shuning uchun ko’p subtropik mamlakatlarda oziq-ovqat va mol ozuqasi sifatida ishlatiladi.