KO’LTO’SIN

KO’LTO’SIN — Samarqand viloyati hududidagi tekislik. Qorachatog’ning shimoliy etagida, tog’oldi botig’ining turli oqiziqlar va ko’l cho’kindi jinslari bilan to’lishidan hosil bo’lgan. To’sinsoy Qorachatog’ni kesib, Zarafshon vodiysiga chiqqandan so’ng ko’l suvi oqib chiqib ketgan. Yer yuzasi Tusinsoyga tomon Nishab; yosh jarlar kesib o’tgan. Ko’lning kulrang tusli gil jinslari tog’yon bag’rida 120 metrgacha balandlikda uchraydi. Ko’lto’sin ekinzor va bog’larga aylantirilgan. Quruqsoy, Nukatsoy, Ilonlisoydan sug’oriladi.