KO’NIYA
KO’NIYA — Turkiyaning Janubiy qismidagi shahar. Likaon tekisligida. Ko’niya elining ma’muriy markazi. Aholisi 761 ming kishidan ziyod (2000). Transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik rayoni markazi. G’alla va jun bilan savdo qilinadi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, tsement sanoati korxonalari, traktor zavodi bor. Gilam to’qiladi. Shahar yaqinidan simob va magnezit qazib chiqariladi. Ko’niya ilk bor qadimgi Frigiya davlati shaharlari qatorida Ikoniy nomi bilan tilga olingan. Miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 3-asrlarda Rim imperiyasi, so’ngra Vizantiya tarkibida bo’lgan. 11-asr oxirlari — 14-asr boshlarida Ko’niya sultonligi poytaxti, 15-asr oxiridan Usmonli turk saltanatiga qo’shib olingan. Me’moriy yodgorliklardan Sirchali (1243), Sohibota (1262- 83, Qoratoy (1252), Inja Minor (1258) madrasalari, Sultonxon karvonsaroyi (1229) va boshqalar bor.