KO’LXANJAR G’ORI
KO’LXANJAR G’ORI — Surxontog’ tizmasining Janubiy yon bag’rida, 1175 metr balandlikda joylashgan. G’orning kirish qismi tor (eni va balandligi 1 metrga yaqin). 1PU o’lchamda ichkariga 11 metr davom etib, so’ng katta xonaga (uzunligi 40 metr, eni 7 metrdan 15 metrgacha, balandligi 3 metrgacha) o’tiladi. Xonaning shipi gumbazsimon va kaltsit minerallaridan tashkil topgan. Katta xona oxirida tor yo’lakka (uzunligi 10 metr, eni va balandligi 1 metr) aylanadi va oxirida kirib bo’lmaydigan yoriq, bilan tugaydi. G’orning umumiy uzunligi 61 metr, maydoni 63 metr kvadrat, hajmi 142 metr kub.