JABG’UKAT
JABG’UKAT (jabg’u va sug’dcha kat — shahar) — Binkat (qadimgi Toshkent) shahridan taxminan 12-14 kilometr shimoli- Sharqdagi qadimgi shahar. Jabg’ukat nomi «hudud ul-olam» (10-asr) asarida qayd qilingan: «Jabg’ukat go’zal shaqar, Chochning harbiy lashkargohi shu yerda bo’lgan». Jabg’ukat o’rnida hozirgi Bo’zgontepa arxeologik yodgorligi joylashgan.