ISHQORIY METALLAR

ISHQORIY METALLAR — mendeleyev davriy sistemasining birinchi guruhi asosiy guruhchasini tashkil etadigan elementlar: litiy, natriy, kaliy, rubidiy, tseziy va frantsiy. Ular S-elementlardir. Atomlarining tashqi energetik pogonasida bittadan elektron bo’ladi. Kimyoviy birikmalarda oksidlanish darajasi +1 ga teng. Barcha Ishqoriy metallar — asl metallar, kuchli qaytaruvchilar. Ular kimyoviy jihatdan faol bo’lib, deyarli barcha metallmaslar bilan bevosita birikadi. Birikmalarda, asosan, ionli bog’lanish hosil bo’ladi. Tartib raqamining ortishi va ionlanish energiyasining kamayib borishi bilan Ishqoriy metallarning metallik xossalari ma’lum qonuniyat asosida kuchayadi. Davriy sistemaning har qaysi davri (birinchidan tashkari) shu elementlardan boshlanadi. Bu elementlar kislorod bilan birikib, R2O oksidlarni hosil qiladi. Oksidlari suv bilan shiddatli reaktsiyaga kirishib, ROH asoslarini beradi. Ishqoriy metallarning vodorodli birikmalari gidridlar bo’lib, RH formulaga muvofiq keladi. Barcha gidridlar OK, kristall moddalardir. Gidridlarda vodorodning oksidlanish darajasi — 1 ga teng.