KARL XVI GUSTAV
KARL XVI GUSTAV (Garl XVI Gustaf) (1946.30.4, Stokgolm yaqinidagi Xaga qo’rg’oni) — Shvesiya qiroli. Shahzoda Gustav Adolf va Malika Sibillaning o’g’li, qirol Gustav VI Adolfning nevarasi. Sigtuna gimnaziyasi, Qirollik harbiy-dengiz akademiyasi, Qirollik milliy mudofaa kollejini tugatgan. 1950 yil valiaxd deb e’lon qilingan. 1973 yil 15 sentabrdan qirol Gustav VI Adolf vafotidan so’ng taxt egasi.