KOUZ (COASE) RONALD
KOUZ (COASE) RONALD (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya) — Amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya universiteti (1951-64) va Chikago universiteti (1964-82) professor. Chikago universitetining faxriy professor (1982 yildan), «huquq va iqtisodiyot» jurnal muharriri (1964-82). Kouz iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashqil qilishni transaktsion xarajatlar nuqtai nazaridan o’rgandi. Nobel mukofoti laureati (1991).
O‘xshash so‘zlar
- KOVACH MIXAL
- Kovak drenaj, Krot drenaj
- Kovak venalar
- Kovalevskaya Sofya Vasilevna
- Kovalevskaya Zinaida Mixaylovna
- Kovalevskiy Aleksandr Onufrievich
- Kovalevskiy Vladimir Onufrievich
- Kovalyov Fyodor Arxipovich


