FARMONOV SHOKIR QOSIMOVICH
FARMONOV SHOKIR QOSIMOVICH (1941.20.2, Dang’ara tumani) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). ToshDU ning mexanika-matematika fakultetini tugatgan (1963). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika institutida kichik, katta ilmiy xodim, so’ngra ehtimollar nazariyasi bo’limi mudiri, bosh ilmiy xodim (1965— 88, 1996 2003). O’zMU ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri (1988 96, 2004 yildan prof.). Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti matematika o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri (2003 — 04). Ilmiy ishlari Markov zanjiri bo’yicha bog’langan tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun limit teoremalariga oid. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari bo’yicha turkum ishlarni bajargan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).