XALMAXERA

XALMAXERA, Jaylolo — Indoneziyadagi orol. Molukka orollari tarkibidagi eng katta Orol. Maydoni 18 ming kilometr kvadrat. Murakkab shaklga ega: 4 ta yarim oroli markazdan yelpig’ichga o’xshab cho’zilib ketgan. Relefi tog’li, eng baland joyi 1635 metr (Gamkunoro harakatdagi vulkani). Doim yashil tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Kokos palmazorlari bor. Chetga ziravorlar, qimmatbaho yog’och chiqariladi. Eng katta porti — Jaylolo.