XANTILAR
XANTILAR (o’zlarini xante — «inson, odam» deb atashadi) — xalq. Rossiya Federatsiyasining Xantimansi (11,9 ming kishi) va Yaman- Nenes (7,2 ming kishi) avtonom okruglari va Tomsk viloyatida yashaydilar. Rossiya Federatsiyasidagi umumiy soni — 22,3 ming kishi (1989). Xanti tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.