VAZIRISTON
VAZIRISTON — G’arbiy Pokistondagi tarixiy viloyat, maydoni 30 ming kvadrat kilometr. Tarixiy markazi — Kaniguram shahri. Vaziristonda pushtun qabilalari — Vazirlar, davarlar va bitanlar yashaydi. 19-asrning 2-yarmigacha Vaziriston o’zining mustaqilligini saqlagan. Vaziriston 1893 yilda Britaniya mustamlaka imperiyasi tarkibiga kiritilgan. 1947 yil avgustdan Pokiston tarkibida.