Radioto’lqinlar nima?
Tevaragimizni o’rab turgan kenglik yaqin masofadagi tele, radiostantsiyalarning radio to’lqinlari bilan doimo qamralgan bo’lishini bilasizmi? Mana shu to’lqinlar ta’sirida xonadagi barcha metall buyumlar hamisha yengil tebranib turadi. Agar bu buyumlar ovoz to’lqinlarini chiqarmasa, siz bu tebranishlarni eshitmaysiz, siz radiopriyomnikni buraganingizda aynan shu hodisa ro’y beradi. Radioto’lqinlarni bo’shliqqa tarqalgan muhit osoishtaligining buzilishidir, deya ta’riflash mumkin. Ular paydo bo’lganda elektronlar uyoq — buyoqqa tez harakatlana boshlaydi. Isiqlik va nur ham bo’shliqqa to’lqinlar tarzida tarqaladi. Farqi shundaki, radioto’lqinlarning uzunligi issiqlik va nur to’lqinlariga nisbatan kattaroqdir. Radioto’lqinlar bo’shliqda, suvga tashlangan toshdan to’lqinlar qanday tarqalsa, xuddi o’shanday tarzda, ya’ni o’z manbaidan barcha tomonga qarab doirasimon shaklda tarqaladi. Garchi radioto’lqinlar soatiga taxminan 300 000 kilometrga teng bir xil tezlikda harakatlansa-da, bir nuqtadan kenglikka bir sekunda o’tadigan to’lqinlar miqdori har xil bo’lishi mumkin. Bu narsa to’lqinlar chastotasi deb yuriladi. To’lqinlarning bitta tugagan uzunligi bir davr hisoblanadi. Shunday qilib, chastota — bu, bir sekund ichida o’tib bosiladigan to’lqinlar to’la davrining miqdoridir. Agar to’lqinlar uzunligi qisqa bo’lsa, to’lqinlar bir-biriga yaqin, ularning o’rkachi ham o’zaro yaqin bo’lib, ular biri-birini tez-tez almashtirib turadi. Agar to’lqinlar uzunligi katta bo’lsa, to’lqinlar o’rkachi ham o’zaro uzoq masofada joylashgan bo’lib, biri-birini sekinlik bilan almashtiradi. Ma’lum bo’ladiki, to’lqinlar uzunligi quyi chastotalarga ega, chunki ularning o’rkachi biri-birini qisqa to’lqinlar singari tez-tez almashtirmaydi. Yuqori chastotali to’lqinlar kilogerslar yoki minggerslar bilan o’lchanadi. Sizning radiopryomnigingizda chapdan o’ngga tomon 540, 550, 560 kabi 1600 KGtsgacha bo’lgan raqamlar ko’rsatilgan. Har bir raqam to’lqinlar chastotasiga taalluqlidir. Ma’lum bir radiostantsiya atrofga faqat o’z chastotasidagi to’lqinlarni tarqatadi. Radioto’lqinlar mavjudligi ular ixtiro qilinishidan oldin ham ma’lum edi. Bunday bashorat 1864 yilda Jeyms Maksvell tomonidan ilk bora qilingan edi. 1888 yilda esa olmon fizigi Genrix Gers bunday to’lqinlarni haqiqatan mavjudligini isbot qildi va ular qanday tarqalishini tushuntirib berdi.