GEMOXROMATOZ

GEMOXROMATOZ (gemo… va Yunoncha chromatos — bo’yoq, rang) — irsiy kasallik; temir almashinuvining buzilishi, uning ichaklarda ko’plab so’rilishi hamda to’qima va a’zolarda to’planishi bilan ifodalanadi. Jigar tsirrozi, qandli diabet, teri pigmentatsiyasi kabi belgilar namoyon bo’ladi; dominant hamda resessiv yo’l orqali nasldan naslga o’tadi.