GEYZERIT

GEYZERIT — 1) mineral, oq yoki kulrang oqma opal; 2) issiq buloq (geyzer) lardan chiqadigan suv tarkibidagi kremniyning cho’kishidan hosil bo’lgan jins. Kremniy oksidi qo’shimchasi bo’ladi. AQSh, Islandiya, yangi Zelandiya, Rossiya (Kamchatka) da uchraydi. Toza Geyzerit qimmatbaho tosh hisoblanadi.