GERKULES

GERKULES — osmonning shimoliy yarim sharidagi yulduz turkumi; Ajdar, Ho’kizboqar, Shim. toj, ilon, ilon eltuvchi, Burgut, o’q yoy, tulki va lira turkumlari orasida. Quyosh sistemasi Gerkulesga tomon harakatlanadi. O’zbekistonda yoz va bahor paytlarida yaxshi ko’rinadi.