UCHO’CHOQ CHO’QQISI

UCHO’CHOQ CHO’QQISI Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanidagi tog’cho’qqisi. Bobotog’ning davomi — Oqtog’ning eng baland joyi (751 metr). Surxondaryo va Kofarnihon daryolari oralig’ida. Atrofi soyliklardan iborat. Neogen jinslaridan tuzilgan. Ucho’choq cho’qqisi yaqinidan neft va gaz konlari topilgan. Cho’qqi yonidan marmartosh tayyorlanadi.