FUNIKULYOR

FUNIKULYOR (lotincha funiculus — arqon) — qiya yo’nalishda, qisqa masofada yuk va yo’lovchilarni vagonlarda tashiydigan tor (1000 millimetr) izli temir yo’l. Vagonlari elektr dvigatel, chig’ir (lebyodka) va po’lat arqon (kanat) vositasida harakatlantiriladi. Funikulyordan birinchi marta 1854 yilda Italiya(Genuya) va Avstraliya (Zommering)da foydalanilgan. 20-asr boshlarida Nijniy Novgorod (Rossiya), Kiyev (Ukraina) shaharlari va boshqa shaharlarda paydo bo’lgan. Keyinchalik boshqa shaharlarga tarqalgan. Funikulyorning asosiy qismlari: relsli iz, pastdagi va yuqoridagi styalar (ba’zan oraliq stansiya ham bo’ladi), vagonlar. Funikulyor avariya tormozlari, signalizatsiya, aloqa va blokirovka vositalari bilan ta’minlanadi. Funikulyor bir izli (ko’p tarqalgan), ikki izli va uch izli; bir vagonli va ko’p vagonli bo’lishi mumkin. Bir vagon bir izdan ko’tarilganda, ikkinchi vagon boshqa izdan pastga tushadi, Funikulyor izlarining o’rtacha uzunligi — 400 (ba’zan 1500 millimetrdan oshishi ham mumkin), qiyaligi — 0,78, vagonlarga 60— 200 kishi sig’adi, harakatlanish tezligi 2-5 metr/sekund. Funikulyor shaharlar, kurort joylarda, tog’li mamlakatlar (Shveytsariya, Italiya, Avstriya, Ukraina, Gruziya, Rossiya va boshqalar)da bor (2005).