XARISBOBO MAQBARASI
XARISBOBO MAQBARASI — Xorazm viloyatidagi me’moriy yodgorlik (18-19-asrlar). Maqbara peshtoqli ziyoratxona va go’rxonadan iborat; pishiq g’ishtdan bezaksiz, gumbaz tomli qilib qurilgan. Peshtoqli darvoza orqali ziyoratxona (4,0×4,0 metr) va undan go’rxona (3,0×3,0 metr)ga o’tiladi. Peshtoq yuqoriga tomon bir oz torayib borib, g’ishtin sharafa bilan yakunlangan. Ziyoratxona gumbazi qalqonsimon bag’allarga o’rnatilgan, go’rxona gumbazi bir g’isht qalinligida ishlangan.