XIRA SIRT
XIRA SIRT — o’lchamlari ko’rinuvchi yorug’likning to’lqin uzunliga (380-760 nm yoki 3800-7600°A) ga yaqin bo’lgan mikroskopik notekisliklarga ega sirt. Xira sirtga yorug’lik tushganda undan diffuz qaytadi, ya’ni har tarafga sochiladi (yorug’lik silliq sirtdan xuddi ko’zgudan qaytgandek to’g’ri yo’nalishda qaytadi). Yorug’likning tushish burchagi uncha katta bo’lmagan (Z60—70°) hollarda Lambert qonuni taxminan to’g’ri keladi.