XONA
XONA (arifmetikada) — o’nli sanoq sistemasida yozilgan natural sonda qatnashgan raqamlar o’rni. Masalan, 7816 — to’rt xonali son. 6871679123 sonida 9 raqami chapdan 7 xonada turibdi deyiladi. Natural son uchun har bir xona o’z nomiga ega: o’ngdan 1 xona «birlar», 2 xona «o’nlar», 3—xona «yuzlar», 4— xona «minglar», 7—xona «millionlar», 10— xona «milliardlar» xonasi deyiladi.