XONA
XONA (musiqada) — o’zbek, tojik, uyg’ur mumtoz (maqom va boshqalar) cholg’u kuylarida muntazam o’zgaruvchan va rivojlanib boruvchi tuzilmaning ifodasi. Xonalar vositasi bilan kuy shaklan kengayadi va mazmunan boyib boradi. Xonalar kuyning o’zgarmasdan takrorlanuvchi bozgo’y tuzilmasiga ulanadi. Kuylarning boshlanishidagi asosiy tuzilmasi sarxona, keyin keladigan bo’lagi miyonxona deb ataladi.