VAGNER VLADIMIR ALEKSANDROVICH

VAGNER VLADIMIR ALEKSANDROVICH [1849.17 (29).3-1934. 8.3] — rus biologi va psixologi. Qiyosiy psixologiya namoyandalaridan biri. Peterburg, keyinchalik Leningrad universiteti professor (1906— 31). Vagner tadqiqotning ob’yektiv usulini genetik psixologiyaga birinchi marta joriy qilib, hayvonotning ruhiy qobiliyatlari evolyusiyasini ko’rsatib bergan. Hayvonlarning instinktli faoliyatiga doir asarlar yozgan.