HURRIYAT

HURRIYAT — Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumaniyaagi shaharcha (1992 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Elbayon (7 kilometr). Tuman markazi (Qumqo’rg’on shahri)dan 6 kilometr. Aholisi 4 ming kishidan ziyod (2004). Hurriyatda umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, madaniyat uyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, aloqa bo’limi, dorixona, tibbiy muassasalar va boshqalar bor.