Zirxli mashinalarni kim o’ylab topgan?
Zirhli mashinalarni yaratish g’oyasi o’rta asrlardayoq paydo bo’lgan edi. Biroq u paytlarda to’rt tomoni bekitilgan va ichiga maxsus tuynuklardan o’q otuvchi kamonchilar hamda qamal qiluvchi askarlar joylashgan aravalar nazarda tutilar edi. Bunday moslama hujumkorlarni himoyachilar tomonidan otilayotgan toshlar, tepalaridan ag’darilayotgan qaynoq suv va qora yelimlardan himoya etar edi. Keyinchalik ularning o’rnini hamma tomoni bekitilgan jang aravalari egalladi. Ularda alohida shinaklar orqali kamon tortadigan kamonchilar bo’lar edi. Bunday aravalarga yengil qurollar ham ortilgan. Bunday ulov vositalari keng tarqalmadi, chunki ularning o’zi sust harakatchan va ayniqsa o’t ochish qurollari uchun «tayyor o’lja» edi. O’ziyurar zirhli mexanizmlarni yaratish imkoniyatlari XX asr boshida, ichdan yonar dvigatellar va zanjirli dvigatellar paydo bo’lganidan keyin paydo bo’ldi. Ularni o’zaro birlashtirish zirhli mashinalarni kerakli harakatchanlik va tezkorlikka erishtirdi. Dastlabki tanklar (zirhli mashinalar shunday nom oldi) Angliyada birinchi jahon urushi boshlanishi oldidan paydo bo’ldi. Bu zirhli mashinalar «tank» deb atalashining sababi shuki, ular u paytda «quruqlikdagi kemalar» deb hisoblanar edi. Inglizcha «tank» so’zi kemasozlikda keng qo’llanilgan keng, bo’sh mexanik ehtiyot joyni anglatadi. Aftidan, «tank» so’zi dengiz floti amaldorlari uchun odatdagi tushuncha edi shekilli, shu boisdan birinchi tank bo’linmalariga quruqlikdagi qo’shinlar komandirligi emas, balki Angliya admiralligi boshchilik qildi. Chindan ham, suyri shakldagi va o’q otar minorachasi bo’lgan «Mark-4» tanki dengiz kemalarini eslatar edi. Tanklar qo’llanilgan birinchi jang ingliz qo’shinlariga g’alaba keltirdi. Bu voqea 1917 yil 20 noyabrda Fransiyaning Kombre qishlog’i yonida yuz berdi. G’alabaning bosh sababi shu ediki, nemislar shu paytgacha bunday tanklarni ko’rishmagan va unga qarshi kurash choralarini ham bilishmas edi. Tez orada amerikalik konstruktor U. Kristi zanjirli va oddiy g’ildiraklarda yura oladigan tankni loyihalashtirdi. Bu esa uning tezligini yanada oshirdi. Lekin tanksozlikdagi haqiqiy inqilob ikkinchi jahon urushi arafasida, yengil va mustahkam zirhli tanklar yaratilganidan keyin sodir bo’ldi. Shu asosda tanklarning og’irligi kamaytirildi va ayni paytda ularning tezligi oshib, texnikaviy jihozlanishi yaxshilandi. Jahondagi eng yaxshi tanklardan biri sobiq sovet davri tanki «T-34» edi. Uning loyihasini N. A. Astrov tayyorlagan, dvigateli esa aviakonstruktor A. A. Mikulin boshchiligda yaratildi. Bu tank yuksak darajada ishonchli qurol bo’lish bilan birga mustahkam zirhli himoyaga ega edi, uni hatto og’ir snaryadlar ham osonlik bilan teshib o’ta olmas edi. Jahondagi eng og’ir tank nemislar tomonidan 1944 yilda yaratilgan «Yagidttiger» deb atalgan tank edi. Uning umumiy og’irligi 72 tonna kelar edi. O’z-o’zidan tushunarliki, bunday tank g’oyat sekin harakatlanar va, pirovardida, artilleriya uchun tayyor «to’p yemi» edi. Shu sababli og’ir tanklar jahon armiyalarida keng obro’ qozonmadi. Hozirgi zamon armiyasida asosan har qanday sharoitda qulay harakatlana oladigan va yetarli darajada kuchli qurollangan urta hajmli tanklar keng qo’llanilmoqda.