Motosiklni kim ixtiro etgan?
Birinchi motosikl Gotlib Daymler tomonidan 1883 yilda yaratildi. Biroq u yaratgan benzinli dvigatelning yetarli katta tezlikka qurbi yetmas edi. Bu dvigatelning quvvati atigi yarim ot kuchiga ega edi. U havo bilan sovutilar va yog’ochdan qilingan ramaga birkitilgan edi. Birinchi motosikl motorli velosipedga o’xshab ketar edi. Lekin asta-sekin uning loyihasi o’zgarib borib, o’ziga xos transport turiga aylandi. Uning shassisi og’irlashdi, g’ildiraklari kichraytirildi va rezina oyoqlari kengaydi, tepkilari esa oyoq bilan bosiladigan shaklda o’zgartirildi. Motorining shovqinini pasaytirish uchun unga glushitel (ovozni pasaytiradigan moslama) o’rnatildi. Mashinaning tezligi oshirilgach, unda diskali tormoz ham paydo bo’ldi, shunday tormoz hozir ham qo’llanilmoqda. Motosiklning keyingi tormozi oyoq, oldingisi haydovchining qo’li bilan boshqariladi. Eng avvalo, dvigatel ikki taktli edi. Lekin oradan ko’p vaqt o’tmay to’rt taktli tormoz paydo bo’ldi. Uning hajmi 500 kub santimetrga yetkazildi. XX asrning 60-yillarida yanada og’ir vaznli motosikllar dunyoga keldi. Benzinning qimmatlashuvi motosiklni hozirgi kun bozorida eng tejamli transport vositalaridan biriga aylantirmoqda.