SHERMUHAMMAD MADRASASI
SHERMUHAMMAD MADRASASI — Qarshidagi me’moriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Madrasa chorsi tarhli, bosh tarzi besh xonadan iborat. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylashgan, burchaklariga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasi fonusli, miyonsaroy orqali hovliga chiqiladi. Hovli atrofi oldi ravoqli hujralar bilan o’ralgan. Bezagida ganch o’ymakorligi va chaspak uslubida girih naqshlar qo’llanilgan.