SHIRK

SHIRK (Arabcha) — Allohning sherigi bor deb bilish, ko’pxudolilik. Islomga ko’ra, Allohdan boshqa «iloh»larga, shuningdek, butlar va odamlarga sig’inish katta gunoh, kufr hisoblanadi. Allohdan o’zgaga topinuvchilar mushrikdirlar. Qur’onga ko’ra, Shirk kechirilmaydigan gunoh hisoblanadi. Iste’molda kofirni mushrik, mushrikni kofir, deb atab kelinadi.