FENOMEN
FENOMEN (Yunoncha phainomenon — sodir bo’luvchi) — 1) g’ayrioddiy, kamdankam bo’ladigan hodisa, fakt; 2) his-tuyg’u tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi falsafiy tushuncha (bu ma’noda o’z mohiyati jihatdan intellektual mushohada predmeta sifatida namoyon bo’luvchi noumenning qaramaqarshisi). «Fenomen» atamasini Aristotel «ko’rinuvchi», «tuyuluvchi» ma’nosida ishlatgan. Leybnis esa bu so’zni tajribadan ma’lum bo’lgan dalillarga nisbatan qo’llagan. I. Kant Fenomen tushunchasi yordamida mohiyatni hodisadan keskin ajratishga uringan va hodisani bilish mumkin, mohiyatni esa bilish mumkin emas deb hisoblagan.