GALETLI BATAREYA
GALETLI BATAREYA — elektr toki batareyalarining bir turi; yassi qatlamqatlam tuzilishli «quruq» galvanik elementlar — «galetlar»ni ketma-ket ulab yasaladi. Galetlardan foydalanish natijasida batareyalarning ish hajmidan samaraliroq foydalaniladi, ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Galetli batareyaning o’lchamlari va elekt yurituvchi kuch miqdori galetlarning soniga va o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. Galetli batareyadan aloqa apparatlarida, geofizika asboblari va boshqalarda mustaqil elektr energiyasi manbai hamda anod batareyasi sifatida foydalaniladi.