GALEREYA
GALEREYA (Fransuzcha qalerie) — 1) peshayvon, bostirma; binolarda yon devorlaridan biri o’rniga ustunlar o’rnatilgan usti yopiq, uzun, ensiz ayvonli qurilma; uzun balkon; 2) yon devorlarining biri oynavand qilib qurilgan uzun zal; 3) o’rta asrlarda saroy va uylarning rasm va haykallari bilan bezatilgan yo’laklari; 4) tomosha zalining yuqorigi yarusi (o’rindiqlari); 5) ko’pgina badiiy muzeylarning nomi (masalan, Tretyakov Galereyasi; O’zbekiston Baning «Istiqpol» Galereyasi, 2000).