GIDROSILINDR
GIDROSILINDR —porsheni ilgarilama-qaytma harakatlanadigan gidravlik dvigatel. Bir va ikki tomonlama harakatlanadigan, porshenli, plunjerli, membranali, teleskopli va boshqa xillari bor. Stanoklarda asosiy harakatni uzatishda, osma mashinalar, qurilish, yo’l qurilishi va qishloq xo’jalik mashinalarining organlarini siljitishda, prokat stanoklarining qisish qurilmalarini yopib-ochishda keng qo’llaniladi.