Sinovchi kim?
Bu shunday odamki, hayotini xavf-xatar ostiga qo’yib avtomashina ruliga yoki tayyora shturvaliga o’tiradi. Sinovchi jasur va hech bir holatda o’zini yo’qotib qo’ymaydigan odam bo’lishi shart. Har qanday transport vositasi, mayliga u parom, vertolyot, raketa, Aerobus yoki tovushdan tez uchar tayyora bo’lsin, baribir o’z imkoniyatlarini sinovdan o’tkazishi kerak. Ular keng ko’lamda ishlab chiqarilishidan oldin tajriba nusxasi albatta sinovchilar tomonidan sinovdan o’tkaziladi. Xuddi shu jarayonda uning imkoniyatlari va nuqsonlari, boshqarishning qiyin-osonligi oydinlashtiriladi. Tayyora, avtomobil yoki kemaning aynan shu bosqichdagi takomillashuvi juda muhim: chunki sinovchining fikrlari ixtiro qurilmaga u ishlab chiqarishga joriy etilishidan oldin zarur tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Darvoqe, birinchi kosmonavtlar, aslini aytganda, raketalarning sinovchilari edilar. Chunki ulargacha hech kim raketalarda uchishmagan!