UMOV POYNTING VEKTORI
UMOV POYNTING VEKTORI — o’zgaruvchan elektromagnit maydon energiyasi oqimi zichligining vektori. Energiyaning tarqalish yo’nalishini aniqlaydi. Son jihatdan energiyaning tarqalish yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yuza birligidan vaqt birligi ichida maydon ko’chirayotgan energiya miqdoriga teng.