UEDDELL DENGIZI
UEDDELL DENGIZI — Atlantika okeanining chekka dengizi, Antarktidaning g’arbiy qirg’oqlariga)gacha. Maydoni 2910 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 6820 metr. Dengizning aksari qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar bilan band, aysberg ko’p. Qirg’oqlarida shelf muzliklari bor. Ueddell dengizida kit va tyulenlar yashaydi. Dengiz 1823 yilda X. Ueddell boshliq ingliz ekspedisiyasi tomonidan kashf qilingan va 1900 yildan Ueddell nomi bilan atalgan.