GAVAYI ANTISIKLONI
GAVAYI ANTISIKLONI — atmosferaning doimiy ta’sir markazi. Tinch okeanning shimol qismidagi subtropik va tropik kengliklardagi subtropik antisiklon. Ba’zi sinoptik jarayonlarda ikkita, gohida uchta alohida Gavayi antisikloni kuzatiladi. Markazi Gavayi orollaridan shimolroqda; tarmog’i Osiyo sohillari tomon uzoqqa cho’zilgan. Gavayi antisikloni markazida havo bosimi yanvarda 1022 gPa dan, iyulda 1026 gPa dan yuqori bo’ladi. Gavayi antisikloni ko’rsatilgan hududlarda keng va shiddatli, iliq va kamharakatchan antisiklonlarning ustivor mavjudligi natijasida vujudga keladi.