GAZ RAZRYADLI ASBOBLAR

GAZ RAZRYADLI ASBOBLAR — elektr razryadi hosil kilish uchun gaz yoki burdan foydalaniladigan elektr-vakuum asboblar. Ularga tok to’g’rilagichlari — simobli to’g’rilagichlar, gazotronlar, tiratron, ignitronlar; kuchlanish stabilizatorlari va bo’lgichlari; aloqa liniyalari va qurilmalaridagi o’ta kuchlanishdan saqlovchi razryadniklar; yorug’lik manbalari: lyuminessent lampalar, gaz lampalari, elektr yoyi lampalari kiradi. Gaz razryadli asboblarning katod va anodlari shisha yoki keramik ballonlar ichiga o’rnatilib, usti yupqa metall qatlami bilan qoplanadi. Gaz razryadli yorug’lik manbalari, gaz lazer va boshqa asboblar alohida guruhni tashkil qiladi.