GAZ-BETON

GAZ-BETON — betonning bir turi. Tsement qorishmasi (portlandtsement, yanchilgan ohak va boshqalar) bilan gaz hosil qiluvchi qo’shimchalar (alyuminiy, rux, magniy va vodorod peroksid kukuni) aralashmasidan tayyorlanadi. Alyuminiy yoki boshqa qo’shimchalar kaltsiy gidrat oksidi bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishganda ajraladigan vodorod aralashmani ko’pirtiradi. U qotgach, g’ovak tuzilishli Gaz-beton hosil bo’ladi. Gaz-beton, asosan, binolar uchun issiqlik izolyatsiya va konstruktiv-issiqlik izolyatsiya materiali sifatida ishlatiladi.